» » Qashqadaryo IIB bodikamerasiz ishlagan YPX xodimi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Qashqadaryo IIB bodikamerasiz ishlagan YPX xodimi haqidagi xabarga munosabat bildirdi


“Daryo”da “Qashqadaryoda bodikamera taqmagan YPX inspektori haydovchidan hujjat talab qildi. Haydovchi esa bunga e’tiroz bildirdi” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Qashqadaryo IIB mazkur holatga e’tibor qaratdi.

Viloyat IIBning ma’lumot berishicha, bodikamera taqmagan holda haydovchidan hujjat talab qilgan YPX xodimi YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori katta serjanti Boborahim Fayzullayev.

YPX inspektori 2020-yil 31-yanvar kuni soat 07:30 larda o‘zining “VAZ-2107” rusumli 70 A 529 AA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan Qarshi shahar tomonga harakatlanib kelayotgan vaqtida Damas rusumli 70 N 920 NA davlat raqam belgili avtomashina Qarshi—Koson yo‘lining Qarshi tumani Uzunnavo qishlog‘i ro‘parasida o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘idan harakatlanib kelganligi uchun uni o‘zining avtomashinasi bilan to‘xtatgan, — deyiladi IIB axborot xizmati bergan ma’lumotda. — Katta serjant B.Fayzullayev avtomashinasidan tushib, o‘zining e’tiborsizligi oqibatida bodikamerasidan foydalanmagan holda bosh kiyimini kiymasdan Damas haydovchisi D.Yo‘ldoshevga o‘zini tanishtirmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Shundan so‘ng fuqaro D.Yo‘ldoshev katta serjant B.Fayzullayevga “komandir odamni qo‘rqitmang, kamerangiz yo‘q”, deb e’tiroz bildiradi. Shundan so‘ng u o‘zining avtomashinasidan bosh kiyimini olib kiyib, bodikamerasini olgan va Damas rusumli avtomashina eshigini ochib haydovchiga hujjatlarini taqdim etishni talab qilib, avtomashina kalitini olib qo‘ygan.

Fuqaro D.Yo‘ldoshev katta serjant B.Fayzullayevga “komandir bunaqa qilishga haqingiz yo‘q”, deb e’tiroz bildirganida haydovchiga “nima qilishga haqqim bor, nimaga haqim yo‘qligini o‘zim bilaman”, deb u bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, hujjatlarini taqdim qilishni talab qilganida haydovchi YPX inspektoriga hech qanday qoida buzmaganligini, svetoforning yashil chirog‘idan harakatlanib kelganligini aytadi. YPX inspektori uning gaplariga e’tibor bermasdan hujjatlarini taqdim qilishini, o‘zining “Dilbek” ekanligini tasdiqlab berishini so‘raydi, haydovchi esa YPX inspektoridan avtomashina eshigini yopishni talab qiladi.

Katta serjant B.Fayzullayev avtomashina eshigini yopib hujjatlarini berishni talab qilganida fuqaro unga “meni qisib to‘xtatdingiz, sizning bunga haqingiz yo‘q. Avtomashina kalitini ham olib qo‘ydingiz, buning uchun ham javob berasiz, bu ishlaringiz uchun javob berasiz, men tegishli joyga arz qilaman”, deb avtomashina hujjatlarini YPX inspektoriga taqdim qilganida u hujjatlarni olib, “yo‘lning narigi tomoniga o‘tasiz”, deb o‘zining avtomashinasiga minib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib to‘xtagan.

Shundan so‘ng fuqaro D.Yo‘ldoshev avtomashinasidan tushib, holatni tasvirga olib, mashinasi ochiq qolayotganiga urg‘u bergan va YPX inspektorining orqasidan borgan.

YPX inspektori fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kunidagi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 31-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va haydovchini ma’muriy bayonnoma bilan tanishtirib haydovchilik guvohnomasini ma’muriy bayonnomaga ilova qilib, qolgan hujjatlarini to‘liq qaytarib bergan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryo IIB axborot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют