» » Foto: Toshkentda garajlarni buzish ishlari boshlandi

Foto: Toshkentda garajlarni buzish ishlari boshlandi


Toshkentda garajlarni buzish ishlari boshlandi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fotoxabarlar qoldirilgan.

Foydalanuvchilardan birining yozishicha, Sodiq Azimov ko‘chasi bo‘ylab joylashgan ko‘p qavatli uylarning orqa qismida garajlar buzilishi boshlangan.

Ma’lum qilishlaricha, bu yerda besh qavatli avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgan. Facebook foydalanuvchisi mazkur holatning qanchalik qonuniy ekaniga qiziqish bildirgan.

Mavzuga doir: Toshkentda garajlarni buzish ishlari davom ettiriladi. Ularning o‘rnida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Avvalroq Toshkentdagi metall garajlarni buzish ishlarini qayta boshlash bo‘yicha shahar hokimi qarori loyihasi tayyorlangani va muhokama uchun internetga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Muhokama jarayoni 29-aprelga qadar davom etishi kerak edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют