» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3036 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3036 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 22-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 8 kishiga ko‘payib, 3036 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 tasi Navoiy viloyatida, 1 tasi Toshkent viloyatida aniqlangan, infeksiya yuqtirgan yana bir fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisidir.

Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlangan. “Ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha qat’iy karantinga olingan”, — deyiladi SSV axborotida.

Hozirgacha bemorlarning 2492 nafari kasallikdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 13 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Navoiyda aholi orasida koronavirusga chalinishlar soni ortib borayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют