» » Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirusga chalingan shaxs aniqlandi. Jami kasallanish holatlari soni 3036 taga yetdi

Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirusga chalingan shaxs aniqlandi. Jami kasallanish holatlari soni 3036 taga yetdi


O‘zbekistonda 22-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 8 kishiga ko‘payib, 3036 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 tasi Navoiy viloyatida, 1 tasi Toshkent viloyatida aniqlangan, infeksiya yuqtirgan yana bir fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisidir.

Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlangan. “Ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha qat’iy karantinga olingan”, — deyiladi SSV axborotida.

Hozirgacha bemorlarning 2492 nafari kasallikdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 13 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Navoiyda aholi orasida koronavirusga chalinishlar soni ortib borayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют