» » Key-Liga. Ashurmatov jamoasi yana yutqazdi, Iskandarov to‘liq o‘ynagan bahsda “Sonnam” durangga erishdi (video)

Key-Liga. Ashurmatov jamoasi yana yutqazdi, Iskandarov to‘liq o‘ynagan bahsda “Sonnam” durangga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan “Kvanju” jamoasi safarda “Sanju Sangmu” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yagona gol 6-daqiqada Kan San U tomonidan kiritildi. Rustam o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi. Qayd etish joiz, Ashurmatov jamoasi ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jamshid Iskandarov jamoasi “Sonnam” esa safarda “Kanvon” mehmoni bo‘lib 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar 17-daqiqada Ko Mu Elning goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada Kvon Sun Xen “Sonnam”ning javob golini kiritdi. Jamshid to‘liq 90-daqiqa maydonda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov harakat qilayotgan “Pusan Ay Park” jamoasi 3-tur bahsini 24-may kuni safarda “Ulsan Hyonday”ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.

Mavzuga doir: Key-Liga. Ikrom Aliboyevsiz “Seul” safarda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Key-Liga

3-tur bahslari

23-may, shanba

“Sanju Sangmu”—“Kvanju” 1:0

Gol: 1:0 — 6 Kan San U.

“Kanvon”—“Sonnam” 1:1

Gollar: 1:0 — 17 Ko Mu El, 1:1 — 56 Kvon Sun Xen.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют