» » O‘zbekistonda sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

O‘zbekistonda sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi


Vazirlar Mahkamasining 22-maydagi 309-sonli qarori bilan O‘zbekistonda sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

Ta’kidlanishicha, respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini taqchil qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan karantin davrida joriy etilgan muayyan cheklov bekor qilinmoqda.

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi va ‘O‘zsanoatqurilish materiallari’ uyushmasining 23-maydan mamlakatga sement olib kelinishini tiklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi”, — deyiladi xabarda.

Davlat bojxona qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import bo‘yicha sement olib kirishda zarur hujjatlarning tezkor rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют