» » Koronavirus tashuvchilarining yuqumli bo‘lish davri haqida ma’lum qilindi

Koronavirus tashuvchilarining yuqumli bo‘lish davri haqida ma’lum qilindi


Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar kasallik belgilari aniqlanganidan keyin 11 kun o‘tgach atrofdagilarga COVID-19’ni yuqtira olmaydi. Bu haqda singapurlik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga tayanib, “RIA Novosti” xabar qilgan.

Olimlarning qayd etishicha kasallikdan tuzalayotgan bemorlardan olingan tahlillar ularda koronavirus borligini ko‘rsatadi, biroq ushbu davrda atrofdagilarga kasallik yuqtirish xavfi bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar testlarning koronavirusning yashovchanlik xususiyati va uning boshqalarga yuqishini oldindan aniqlay olmasligi, ular faqat genomning bir qismini topayotganligini bildirgan.

Mavzuga doir: Koronavirus ko‘proq qaysi qon guruhi vakillarida uchrayotgani ma’lum qilindi

11 kun ichida koronavirusning yuqumlilik xavfi yo‘qolishi haqidagi taxminda istisno jihatlar ham mavjud, masalan, kimyo terapiyasini o‘tkazayotgan onkologik kasallikka chalingan, immuniteti pasayib ketgan bemorlarga bu jihat taalluqli emas.

Ayni vaqtda organizmida koronavirus aniqlangan bemor faqat ikkita test ketma-ket “manfiy” natija ko‘rsatgan taqdirda kasalxonadan chiqarilishi mumkin.

Mavzuga doir: Xitoylik olim koronavirusning eng xavfli xususiyatini oshkor etdi

Avval olimlar COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusi boshqa koronaviruslarning genomlariga ega ekani sabab yuqori darajada yuqumli ekanligini ma’lum qilgandi. Mualliflar yangi koronavirusning 96 foizi 2003-yilda 774 nafar bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan — SARS-CoV-1 atipik pnevmoniya virusi genomlaridan iborat ekanini qayd etgan. Shuningdek, SARS-CoV-2 ijobiy sifatlarga ega odam koronavirusi HCoV-HKU1’ning xususiyatlariga ham ega ekani aytilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют