» » Isroilda Binyamin Netanyaxu ustidan sud boshlandi. Mamlakat tarixida birinchi bor amaldagi bosh vazir ayblanuvchiga aylandi

Isroilda Binyamin Netanyaxu ustidan sud boshlandi. Mamlakat tarixida birinchi bor amaldagi bosh vazir ayblanuvchiga aylandi


Isroilda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ustida sud jarayonlari boshlandi, deb yozadi The Jerusalem Post.

Sudning birinchi yig‘ilishi texnik xarakterga ega. Unda Netanyaxu prokuraturaning xulosasi bilan tanishishi, shuningdek, sud ayblovi tushunarli ekanligini bildirishi kerak.

Netanyaxu firibgarlik, poraxo‘rlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. Prokuratura ayblov xulosasini uch yil tayyorlagan: sudda ayblovchi tomondan 300 dan ortiq guvoh ishtirok etishi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, sud jarayoni bir necha oydan bir necha yilga qadar davom etadi.

Isroilda bunga qadar ham bosh vazirlar ustidan bir necha marotaba sud bo‘lib o‘tgan. Netanyaxu sud jarayoni mazkur lavozimda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan vaqtda boshlangan birinchi hukumat rahbariga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida Netanyaxuga nisbatan uchta jinoiy ish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan, uning o‘zi ushbu harakatni siyosiy fitna deb atagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют