» » Samarada yana yuzlab o‘zbekistonliklar to‘plandi. TIV vaziyatga munosabat bildirdi

Samarada yana yuzlab o‘zbekistonliklar to‘plandi. TIV vaziyatga munosabat bildirdi


Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari rejalashtirilmagan va kelishilmagan tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida avval ogohlantirilganliklariga qaramasdan Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali vatanga qaytish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklarning Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yaqinida, Samara viloyatida to‘planishi davom etmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi hamda Qozon shahridagi bosh konsulxonasi 2020-yilning 18 va 19-may kunlari Rossiya—Qozog‘iston chegarasi orqali fuqarolarning O‘zbekistonga olib ketilishi istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarning avvaldan shakllantirgan ro‘yxati asnosida ikki davlat bilan bilan kelishilgan holda amalga oshirilganini eslatib, qo‘shimcha ro‘yxatlar tuzilishi ko‘zda tutilmaganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 280 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiya—Qozog‘iston chegarasi oldida to‘plangan. Qozon shahridagi bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Samara viloyati ma’muriyati ushbu fuqarolarni sanoat obyektlarida ish, yotoq joy va oziq-ovqat bilan ta’minlashga tayyorligini bildirgan, biroq to‘plangan fuqarolardan 25 nafari ushbu taklifni qabul qilgan, qolganlar hamon Bolshaya Chernigovka tumani hududida qolmoqda.

“Ishga joylashishni istamagan va chegara yaqinida qolayotgan vatandoshlarimizni o‘zlarining vaqtincha/doimiy yashash joylariga qaytishlarini hamda charter reyslarni kutishlarini, Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmasliklarini, yashash joylarida qolishlarini va karantin choralariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz”, — deyilgan elchixona va konsulxonaning axborotida.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga qaytish uchun Samarada to‘plangan o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkil etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют