» » Qamchiq dovonida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashdi

Qamchiq dovonida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashdi


Qamchiq dovonidan 25-may kuni ikkita yuk mashinasi va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 268-kilometrida yuz bergan YTH haqida Qamchiq maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga soat 8:25 larda xabar kelib tushgan. Toshkentdan vodiy tomon harakatlangan HOWO yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas’ning orqasidan kelib, to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv tufayli Damas o‘zidan oldinda to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga urilgan.

Oqibatda Damas’ning haydovchisi Yu.N hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarib qolish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazildi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ishtirokida 16-may kuni ham YTH sodir bo‘lgandi. Piyoz ortilgan Isuzu yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi shifoxonaga yotqizilgandi. 24-aprel kuni esa Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi tog‘ga borib urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют