» » Toshkentdagi Sayohat ko‘chasi ta’mirlash ishlari sababli bir oyga yopildi

Toshkentdagi Sayohat ko‘chasi ta’mirlash ishlari sababli bir oyga yopildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur ko‘cha 26-maydan boshlab bir oyga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

“26-maydan Mirzo Ulug‘bek tumani Sayohat ko‘chasida joylashgan yer osti kommunikatsiya tizimlarini ta’mirlash va yangidan asfaltlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l avtomobillar harakati uchun bir oy muddatga yopildi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Haydovchilardan mazkur muddat davomida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘raladi.

Avvalroq Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich rasman ochilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют