» » UFC sobiq chempioni Sen-Pyer: Bir vaqtlar UFC Habibga qarshi jang qilishimga imkon bermagandi

UFC sobiq chempioni Sen-Pyer: Bir vaqtlar UFC Habibga qarshi jang qilishimga imkon bermagandi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Pyer faoliyatini tiklash ehtimoli haqida gapirdi.

“Agar oktagonga qaytish qaroriga kelsam, yana chempion bo‘lishimga ishonchim komil. Agar qachondir qaytadigan bo‘lsam ham, bu hech kim mag‘lub eta olmagan yigitga qarshi jang qilish uchun bo‘ladi.

Habib Nurmagomedov bilan jang? Endi Habibda engilmaslik ruhi bor. Unga qarshi jang — afsonaga aylanish imkoniyati.

Ketgunimga qadar bu jangni tashkil etmoqchi bo‘lgandik va Habib ham buni xohlagandi. Biz juda harakat qildik. Afsuski, UFC buni xohlamadi. Ularda Habib bilan bog‘liq boshqa rejalar bor edi.

Biroq hech qachon hech qachon deb bo‘lmaydi. Agar qachondir qaytadigan bo‘lsam, bu mening shartlarimga mos bo‘lishi kerak. Men shartnoma bandlariga botib qolishni istamayman, g‘alaba qozonganimdan keyin ham yana va yana jang qilish niyatim yo‘q. Endi yiliga uchta jangda ishtirok etishga rozi bo‘ladigan yigit emasman. Hayot yo‘limda bu bosqichni bosib o‘tdim. Hozirgi holatimdan juda mamnunman”, — deydi Sen-Pyer.

39 yoshli Sen-Pyer 2019-yilning fevralida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Yakkakurashchi MMA’dagi faoliyati mobaynida 28 ta jang o‘tkazib, ularning 26 tasida g‘alaba qozongan (14 bor muddatidan avval) va ikki bor mag‘lub bo‘ldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют