» » Xorazm ham koronavirusdan xoli hududga aylandi

Xorazm ham koronavirusdan xoli hududga aylandi


Xorazm viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor 26-may, seshanba kuni butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Xorazmda tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sog‘ayib, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro viloyatlaridan so‘ng COVID-19’dan xoli hududlar safiga qo‘shildi.

Namanganda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 5 nafari erkaklar, 2 nafar ayollar. Ular orasida yoshi kattasi 75 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 17 yoshda. Viloyatda ani paytga qadar 240 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 247 nafarga yetib, davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat ham koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlar ham (30 yoshli va 24 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, Toyloq va Samarqand tumanlaridan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 249 nafarga yetib, davolanayotganlar 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 17 kishiga oshib, 2624 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Shunday qilib, 26-may kuni 29 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2636 nafarga yetdi. 

Kasallik qayd etilganlarning umumiy soni esa 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, 3281 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют