» » Erkak va ayol do‘st bo‘la olishini isbotlagan yulduzlar

Erkak va ayol do‘st bo‘la olishini isbotlagan yulduzlar


Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlikka asoslangan bo‘lishi mumkin yoki yo‘qligi hamisha bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan. Quyida e’tiboringizga havola etadigan yulduzli juftliklar esa ikki jins vakili o‘rtasida sevgidan boshqa munosabatlar ham bo‘lishi tabiiy ekaniga misol bo‘ladi.

Zak Efron va Eshli Tisdeyl

Suratga olish maydonchasida tanishgan Zak va Eshli mana necha yildirki do‘stlik munosabatlarini saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shaxsiy hayotiga ega bo‘lgan aktyorlar o‘rtasidagi do‘stlikka havas qilsa arziydi.

Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio

Keyt va Leonardo “Titanik” filmida rollarini qoyilmaqom ijro qilgani sabab muxlislarda ikkovi bir-biriga befarq emas, degan tushuncha shakllangan. Aslida esa ular o‘rtasidagi munosabat qoyil qolsa arziydigan darajadagi do‘stlik hisoblanadi. Yulduzlar bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Leonardo “Oskar”ga sazovor bo‘lganida Keytning qanchalik quvongani buning yaqqol isboti.

Teylor Svift va Ed Shiran

Teylor va Ed o‘rtasida hamkorlikdagi loyihadan boshlangan munosabatlar hali hamon davom etmoqda. Ijodiy g‘oyalar ustida suhbatlashish va birgalikda sayr qilishni xush ko‘radigan mashhur juftlik nima uchun boshqalar ularning do‘stligiga ishonmasligiga hayron qolishini bildiradi.

Juliya Roberts va Jorj Kluni

Juliya va Jorj “Oushenning 11 do‘sti” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Filmda sevishganlar rolini jonlantirgan aktyorlar festival va tadbirlarga birga tashrif buyurishiga qaramay, juftlik o‘rtasida do‘stlikdan boshqa narsa haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Roberts Klunining umr yo‘ldoshi Amal bilan ham iliq munosabatda va ularning uyida tez-tez mehmon bo‘lib turadi.

Sandra Bullok va Rayan Reynolds

“Taklif ” filmida sevishganlar rolini shu qadar ishontirib o‘ynagan yulduzlar filmda aks etgan munosabatlar hayotdagisi bilan farq qilishi mumkinligini qalin do‘stligi bilan isbotlagan.

Bredli Kuper va Jennifer Lourens

Bredli va Jennifer birgalikda bir qancha filmlarda rol ijro qilgan va shundan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mishlar tarqalgan. Lekin Lourens mish-mishlar asossizligi va ular do‘st ekanini ta’kidlagan. Aktrisa so‘zlarida jon bor ekanini bir vaqtlar Kuperga shaxsiy hayotini qurishga bergan ko‘magidan ham bilish mumkin.

Jennifer Eniston va Jeyson Beytman

Aktrisa hali mashhur bo‘lmasidan avvalroq Jeyson bilan tanishgan. Ular “Do‘stdan-da ortiq” filmida do‘stlik aloqalari turmush qurish bilan yakun topgan juftlik rolini gavdalantirgan bo‘lsa-da, hayotda ular o‘rtasida do‘stlikdan boshqa narsa yo‘q. Jeyson Enistonni Bred Pitt bilan ajrashganda va yangi munosabatlar boshlaganida ham qo‘llab-quvvatlagan.

Siyenna Miller va Chenning Tatum

Miller va Tatum ancha yillardan beri do‘st hisoblanadi. Ular turli shaharlarda istiqomat qilishiga qaramay, hamisha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va erkak va ayol o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Keti Perri va Robert Pattinson

Xonanda va aktyor do‘st ekanliklarini tasdiqlashiga qaramay, matbuotda ular o‘rtasida sevgi borligi haqida materiallar chop etilaveradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют