» » Rossiyada ilk bor mushukda koronavirus aniqlandi

Rossiyada ilk bor mushukda koronavirus aniqlandi


Rossiyada besh yoshli mushukda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Rosselxoznadzorga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu “Rossiyada mushukda koronavirus aniqlangan ilk holat hisoblanadi”.

Mushukka tashxis bir hafta oldin qo‘yilgan, hayvon hozirda “yashash joyi bo‘yicha” karantinda saqlanmoqda.

Rosselxoznadzod rahbarining o‘rinbosari Nikolay Vlasovning aytishicha, “hozircha mushuklarga nisbatan hech qanday antikoronavirus choralarini ko‘rish shart emas”.

Avvalroq AQShda ilk bor mushuklarda ham koronavirus qayd etilgandi. Undan avvalroq esa Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida yo‘lbars koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Niderlandiyada koronavirus qorako‘zandan insonga yuqishi bo‘yicha holat qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют