» » Niderlandiyada koronavirus qorako‘zandan insonga yuqishi bo‘yicha holat qayd etildi

Niderlandiyada koronavirus qorako‘zandan insonga yuqishi bo‘yicha holat qayd etildi


Niderlandiyada koronavirus infeksiyasining qorako‘zandan (norka) insonga yuqish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Karola Sxautenning parlamentga yo‘llagan maktubiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Koronavirus yuqtirib olgan erkak terisi uchun qorako‘zanlar boqiladigan fermada ishlagan. Bemor hozirda qay ahvolda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Vazir o‘z maktubida bunga qadar virus hayvondan insonga yuqmasligi to‘g‘risida bildirgan xulosalari xato ekanligini tan olgan. Shu bilan birga, u hayvondan virusning yuqish ehtimolligi minimal darajada ekanligini qayd etib o‘tgan.

Aprel oyida Niderlandiyaning Shimoliy Brabant provinsiyasida joylashgan qorako‘zan boqish bilan shug‘ullanuvchi ikkita fermada koronavirus aniqlangan edi. Hayvonlarda COVID-19 belgilari aniqlangan, xususan, nafas olish yo‘llarida muammolar paydo bo‘lgan, shuningdek, o‘lim holatlari ko‘paygan.

O‘shanda mamlakat hukumati kasallik qorako‘zanlarga insondan yuqqan bo‘lishi mumkinligini, chunki fermaning ayrim xodimlarida koronavirus belgilari aniqlanganini ma’lum qilgandi. Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun hayvonlar va ularning axlatlarini fermalardan olib chiqish taqiqlangan hamda ushbu hududlarga kirish yopib qo‘yilgan.

Avvalroq AQShda ilk bor mushuklarda ham koronavirus qayd etilgandi. Undan avvalroq esa Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida yo‘lbars koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari: Koronavirus hayvondan odamga yuqishi mumkin, lekin odamdan hayvonga yuqmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют