» » Jizzaxda shinasidan havo chiqib ketgan Spark YTHga uchradi. Haydovchi vafot etdi

Jizzaxda shinasidan havo chiqib ketgan Spark YTHga uchradi. Haydovchi vafot etdi


Jizzax viloyatida 27-may kuni odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 09:30 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 Jizzax–Qo‘rg‘ontepa–Navbahor avtomobil yo‘lining 13-kilometrida sodir bo‘lgan. Navbahor–Jizzax yo‘nalishida ketayotgan 1993-yilda tug‘ilgan H.A. ismli yigit boshqaruvidagi Spark’ning oldingi o‘ng shinasidan havo chiqib ketishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ekin dala maydoniga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda haydovchi 27 yoshli H.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston yo‘llarida haydovchi turli sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtoulov yo‘ldan chetga chiqib ketishi va odam o‘limi bilan yakunlangan hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. 22-may kuni Surxondaryodagi adirlikda harakatlanayotgan traktor jarga ag‘darilishi oqibatida 49 yoshli haydovchi, 24-may kuni Samarqandda Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 39 yoshli yo‘lovchi, 25-may kuni Qoraqalpog‘istonda Cobalt temir suv quvuriga urilishi oqibatida 88 yoshli yo‘lovchi ayol vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют