» » Buxoroda yangi mehmonxona binosi ishga tushdi

Buxoroda yangi mehmonxona binosi ishga tushdi


Joriy yilninng 6 aprelida Buxoro shahridagi “Zargaron Plaza” mehmonxonasi o‘zining yangi binosini rasman foydalanishga topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Mehmonxona ma’muriyatining fikricha, yangi bino o‘zining zamonaviy arxitektura va texnik yechimi, yaratilgan qo‘shimcha qulayliklar va yuqori sifatli jihozlar bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” tomonidan to‘rt yulduzli mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi mumkin.

G‘arb va sharqona uslubda qurilgan mehmonxonaning yangi binosi bir vaqtning o‘zida 60 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Nomer fondi 29 ta xonani tashkil etgan bo‘lib, ulardan 28 tasi ikki kishilik, bittasi esa uch kishilik xona hisoblanadi.

Mehmonxonada xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli va zamonaviy xizmati ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют