» » FIFA JCh–2018 ga homiy izlashda muammolarga duch keldi

FIFA JCh–2018 ga homiy izlashda muammolarga duch keldi


Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga homiy izlashda muammolarga duch keldi. Bu haqda Financial Times’ga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda FIFA homiylik kelishuvlari borasi 10 ta kompaniya bilan murokaralar olib bormoqda. Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh–2014 musobaqasida FIFA 20 ta kompaniya hamkorlik qilgandi.

Financial Times’ning qayd etishicha, muammolar, birinchidan, FIFAning korrupsiya markazida qolib ketib, o‘z imijini tiklayotgani tufayli yuzaga kelgan. Ikkinchidan, Rossiya 2014-yili Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan keyin Sharq mamlakatlari tomonidan rad etilgan.

FIFAning Sony va Emirates kabi yirik kompaniyalar bilan shartnomasi JCh–2014 turniridan keyin yakuniga yetgan. Rossiya kompaniyalari FIFA bilan ham hamkorlik qilishga shoshilmayapti. Mezbon mamlakat kompaniyalaridan hozircha faqatgina “Alfa-bank” JCh–2018 homiysi bo‘lib turibdi.

Odatda, homiylar va teletranslyatsiya huquqini sotib oladiganlar FIFAning JCh musobaqasini o‘tkazish uchun 2 milliard dollar xarajatini qoplashga yordam beradi.

Xitoyning elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Hisense aprel oyida FIFA Konfederatsiyalar Kubogi va JCh–2018 turnirining asosiy homiylaridan biriga aylanganini e’lon qilgandi. Kelishuv 100 million dollarga baholangan.

FIFA xabariga ko‘ra, federatsiya JCh–2018 boshlanguniga qadar yangi shartnomalar haqida e’lon qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют