» » Bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish masalasi ko‘tarildi

Bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish masalasi ko‘tarildi


Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari A.Sultonov va A.Shukurovga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keraksiz bo‘lgan tovarlar bojxona omborlarida uzoq muddat saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Davlat bojxona qo‘mitasiga Hisob palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish, shuningdek, bojxona omborlari tizimini maqbullashtirish va tartibga solish, ular uchun xalqaro standartlar darajasida yagona texnik talablar belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish topshirildi.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют