» » Tayson Fyuri: Entoni Joshuani 2-3 raund ichida nokautga uchrataman

Tayson Fyuri: Entoni Joshuani 2-3 raund ichida nokautga uchrataman


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri WBA, WBO, IBF va IBO chempioni Entoni Joshuga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Ha, Joshua kuchli va baquvvat, biroq unda oyoq ishlaymaydi. Hal qiluvchi pallada ko‘pincha aqlsiz harakat qiladi.

Men uni ikki-uch raund ichida nokautga uchrataman. Semiz yigit Endi Ruis kabi undan sakrab o‘taman. Chapdan berilgan bitta huk zarbasi va siz Bembining ring bo‘ylab raqs tushishiga guvoh bo‘lasiz.

Uning promouteri Eddi Hirn odatdagidek ko‘p valdiraydi. Men ancha vaqtdan buyon Joshua bilan jang qilishni taklif qilib kelaman. So‘nggi besh yilda bu jangni tashkil qilishga urindim, biroq buning iloji bo‘lmadi. Shunday ekan Hirn mening jamoam bilan gaplashishi kerak va muxlislar kutayotgan voqelikni ularga berish lozim”, — deydi Fyuri.

Fyuri so‘nggi jangida sobiq Jahon chempioni Deontey Uaylderni 7-raundda texnik nokautga uchratgandi. Joshua esa Endi Ruisga qarshi kechgan revansh jangida g‘alaba qozongan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют