» » “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchining farzandlarida ham koronavirus aniqlandi

“O‘rikzor” bozoridagi sotuvchining farzandlarida ham koronavirus aniqlandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-may kuni bozorlar xodimlarini ommaviy testdan o‘tkazish jarayonida Toshkentdagi “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchilarning birida koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng savdo majmuasi o‘sha kunning o‘zidayoq vaqtincha yopilgan edi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 30-may, shanba kuni Toshkent shahrida aholi orasida 11 kishida, jumladan, “O‘rikzor” bozoridagi koronavirusga chalingan sotuvchining o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

“Ayni vaziyatdan ma’lum bo‘ladiki, har bir fuqaro, avvalo, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlari lozim. Zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqib, uyga kelganingizda ham qo‘lingizni sovunlab, qayta-qayta yuving. Qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishdan tiyilish lozim. Eng muhimi, ijtimoiy masofani saqlang, jamoat va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yuring, doimo tibbiy niqob taqib yurishni unutmang. Aks holda nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz sog‘ligini ham jiddiy xavf ostida qoldirishingiz mumkin”, — deya ogohlantirmoqda SSV.

30-may soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 3546 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 2783 nafari sog‘aygan. Ayni vaqtda 749 nafar bemor davolanmoqda, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir, yana birining ahvoli o‘ta og‘ir.

Eslatib to‘tamiz, mamlakatdagi amaldagi karantin cheklovlari 15-iyunga qadar uzaytirildi. Ayni vaqtda 1-iyundan boshlab karantin darajasidan kelib chiqqan holda ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish hamda bir qator muassasa va obyektlar faoliyatiga taqiq singari cheklov va talablar O‘zbekistonning barcha hududlarida saqlanib qoladi. Shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo qatnashga taqiq ham hozircha bekor qilinmaydi.

Mavzuga doir: Toshkent “sariq”ligicha qoldi. Boshqa tuman va shaharlarning karantin darajasi qayta ko‘rib chiqildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют