» » Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222 mln so‘mdan ko‘p pul mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222 mln so‘mdan ko‘p pul mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlandi


Navoiy viloyatida koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilganda juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan 5 milliard so‘m mablag‘larining bir qismini talon-toroj qilish maqsadida “T.” va “I-P.” MChJdan kimyoviy dezinfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilib, jami 222,3 million so‘mni rastrata qilish yo‘li talon-toroj qilgan holda davlat budjetiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, “T.” va “I-P.” MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Avval Buxoroda sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘ziga tanish bo‘lgan MChJdan dezinfeksiyalovchi vositalarni qimmat narxda xarid qilib kelgani va 200 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun unga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: “Biz ham to‘ladik, lekin buni kam deyapti”. Narpayda XTB mudiri maktab direktorlaridan “Saxovat va ko‘mak” harakati uchun 100 ming so‘mdan pul o‘tkazishni so‘radi

26-mayda Moliya vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga milliardlab so‘m pul vaqtida to‘lanmaganini, jumladan, 19,6 milliard so‘m miqdoridagi to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganini bildirgan.

21-may kuni Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Alishev hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.Niyozov “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 million so‘m pulni o‘zlashtirgani yuzasidan Mahalla vazirligining rasmiy izohi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют