» » Key-Liga. Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi Ikrom Aliboyevning “Seul”ini mag‘lub etdi (video)

Key-Liga. Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi Ikrom Aliboyevning “Seul”ini mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 4-turida “Seul” va “Sonnam” jamoalari 31-may, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 89-daqiqada Tomislav Kish sonnamliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa Jamshid Iskandarov jamoasi ochkolarini 8 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalining 3-pog‘onasiga ko‘tarildi. “Seul” esa 6 ochko bilan 6-o‘ringa tushdi.

Uchrashuvda Jamshid Iskandarov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Ikrom Aliboyev 62-daqiqada zaxiradan maydonga qo‘shildi.

Key-Liga

4-tur bahsi

31-may, yakshanba

Gol: 0:1 — 89 Kish.

“Seul”: Yu San Hun, Han Chhan Hi (Jo Yon Vuk, 61), Kim Ju Son, Kim Nam Chun, Hvan Hyon Su, Ko Yo Han (Aliboyev, 62), Kim Jin Ya, Ju Se Jon, Han Shin Gyu (Adriano, 87), Ko Kvan Min, Pak Chu Yon.

“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Chhve Ji Muk, Li Te Hvi, Yon Je Un, Hon Si Hu, Chhve O Bek (Kish, 83), Iskandarov, Li Chan Yon, Kvon Sun Hyon, Chhve Byon Chan (Yan Don Hyon, 33), Li Je Von (Lim Son Yon, 54).

Ogohlantirishlar: Li Chan Yon (35), Kim Nam Chun (38), Jo Yon Vuk (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют