» » Key-Liga. Ikrom Aliboyevsiz “Seul” safarda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Key-Liga. Ikrom Aliboyevsiz “Seul” safarda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 3-turida “Seul” 22-may, juma kuni “Pohang Stilers” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida maydon egalarining germaniyalik legioneri Stanislav Ilyuchenko hisobni ochgan bo‘lsa, bunga mehmonlar birinchi bo‘limda Hvan Hyon Suning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi. 73-daqiqada Osmar Barba darvoza tomon aniq zarba yo‘llagan holda seulliklarga g‘alaba olib keldi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev ishtirok etmadi. Aliboyev “Seul”ning o‘tgan o‘yinida ham qatnashmagandi.

Shu tariqa “Seul” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda, olti ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Pohang Stilers” esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.

Key-Liga

3-tur bahsi

22-may, shanba

Gollar: 1:0 — Ilyuchenko, 1:1 — 35 Hvan Hyon Su, 1:2 — 73 Barba.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют