» » Braziliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar rekord darajada o‘smoqda

Braziliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar rekord darajada o‘smoqda


Braziliyada o‘tgan bir sutka ichida yana 33 274 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy statistika ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich ketma-ket uchinchi kun rekord natijalarni qayd etmoqda (28-may kuni — 26 417 kishi, 29-may kuni — 26 928 kishi). Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 498 440 kishiga yetdi. O‘tgan bir sutka davomida 956 kishi virus oqibatida vafot etgan bo‘lib, jami qurbonlar soni 28 834 kishiga yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning 200 mingdan ortig‘i sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Idoraning statistikasida keltirilishicha, mamlakat aholisining har 100 ming nafariga 237,2 bemor va 13,7 qurbon to‘g‘ri kelmoqda. Kasallik oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim ulushi 5,8 foizni tashkil etmoqda.

21 milliondan ortiq odam istiqomat qiladigan mamlakat janubi-sharqidagi San-Paulu shtati Braziliyada infeksiya o‘chog‘iga aylangan. Mintaqada 107 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, 7,5 ming kishidan ortiq bemor vafot etgan. Ikkinchi o‘rinda 52,5 ming kasal bilan Rio-de-Janeyro ketmoqda. Mazkur hududda koronavirus qurbonlari soni (5277 kishi) Xitoy va Hindistondagi qurbonlar sonidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgangan bo‘lsa, 23-may kuni Rossiyadan o‘tib ketib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют