» » Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 ming kishidan oshdi. O‘tgan bir sutkada yana 9268 kishida COVID-19 aniqlangan

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 ming kishidan oshdi. O‘tgan bir sutkada yana 9268 kishida COVID-19 aniqlangan


Rossiyada 31-may holatiga ko‘ra, yana 9268 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 405 843 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi Moskva (2595 kishi), Moskva viloyati (757 kishi), Sankt-Peterburg (369 kishi), Nijegorod (301 kishi) va Sverdlov (265 kishi) viloyatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 138 bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 4693 kishiga yetdi, hozirga qadar 171 883 bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan (o‘tgan bir sutkada 4414 kishi).

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 10,6 milliondan ortiq laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirusning belgisiz tashuvchilari soni oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyalik shifokor koronavirus kech kuz va erta bahorda paydo bo‘ladigan mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyaliklarning to‘rtdan bir qismi koronavirusni undan manfaatdor shaxslarning uydirmasi deb hisoblamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют