» » Italiyalik shifokorlar birinchi bor koronavirusga chalingan bemorga o‘pka ko‘chirib o‘tkazdi

Italiyalik shifokorlar birinchi bor koronavirusga chalingan bemorga o‘pka ko‘chirib o‘tkazdi


Milanda joylashgan kasalxonalardan birining shifokorlari Yevropada birinchi bo‘lib COVID-19’dan davolangan bemorga o‘pka ko‘chirib o‘tkazdi, deb xabar beradi “RBK”.

O‘pkani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya 10 kun oldin amalga oshirilgan. Hozirda 18 yoshli bemorning ahvoli yaxshi. Bemor kasalxonaga olib kelinguniga qadar hech qanday surunkali kasalliklardan aziyat chekmagan, biroq COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingach, u ikki oy San-Rafaeldagi gospital reanimatsiyasida yotgan. Bu vaqt davomida bemor sun’iy nafas oldirish apparatiga ulab qo‘yilgan, chunki kasallik uning o‘pkalarini deyarli ishdan chiqargan. Shifokorlar bemorning hayotini transplantatsiya orqali saqlab qolishga qaror qilgan.

O‘pkani ko‘chirib o‘tkazish — murakkab operatsiya. Mazkur holatda esa koronavirusga chalingan bemor ustida operatsiya o‘tkazish yanada qiyinchilik tug‘dirgan. Operatsiyadan oldin bemor koronavirus infeksiyasidan davolanish kursidan o‘tgan. Virusdan butkul sog‘aygach, shifokorlar donor qidira boshlagan.

O‘pkani ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini shifokorlardan iborat ikkita brigada to‘qqiz soat davomida amalga oshirgan. Shifokorlar kasallikdan himoyalanish maqsadida niqob, himoya shlemlari va ikki qavat qo‘lqop taqishga majbur bo‘lgan. Bu esa jarrohlarga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirgan, biroq operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Hozirda bemor mustaqil nafas olishni qayta tiklash bo‘yicha fizioterapiya olmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют