» » Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 500 ming kishidan oshib ketdi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 500 ming kishidan oshib ketdi


Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 514 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar mamlakatda 206,5 ming kishi koronavirusdan sog‘aygan, 29 mingdan ortiq bemor COVID-19 qurboniga aylangan. O‘tgan bir sutka ichida yana 16,4 ming kishida koronavirus aniqlangan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Birinchi o‘rinni 1,7 milliondan ortiq kasal bilan AQSh egallagan.

23-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sohadagi favqulodda vaziyatlar dasturi bo‘yicha direktori Maykl Rayan Janubiy Amerika koronavirus epidemiyasining yangi epimarkaziga aylanganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: JSST vakili COVID-19 bilan kasallanish ikkinchi marta o‘z cho‘qqisiga chiqishi mumkinligini bildirdi

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgangan bo‘lsa, 23-may kuni Rossiyadan o‘tib ketib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют