» » IIV fuqarolarning majburlab avtobusga solinayotgani aks etgan video yuzasidan rasmiy izoh berdi

IIV fuqarolarning majburlab avtobusga solinayotgani aks etgan video yuzasidan rasmiy izoh berdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinayotgani aks etgan va internetda tarqalgan video bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 1-iyun, taxminan, soat 04:30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi “Toshkent” savdo majmuasi va “Do‘stlik” buyum bozori tashqarisida viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan karantin tartibiga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash hamda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilgan.

Tadbir davomida bir qator fuqarolar ushbu harakatlarga nisbatan norozilik bildirgan va qarshilik ko‘rsatgan. Shuning uchun jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

“Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют