» » Arnasoy tumanida 164 nafar fuqaro noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketganligi ma’lum qilindi

Arnasoy tumanida 164 nafar fuqaro noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketganligi ma’lum qilindi


Jizzax viloyati Arnasoy tuman 5-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida aholi o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda diniy mutaassiblikka barham berish bo’yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Jizzax viloyati matbuot xizmati.

Erta nikohni oldini olishda imom xatiblar, mahalla oqsoqoli va maslahatchilari bilan birgalikda joylarda aholi o‘rtasida uning salbiy oqibatlari yoshlarning ertangi kelajagiga ta’siri borasida so‘z yuritdilar. Ayniqsa yoshlar tarbiyasida ota-ona bilan farzand o‘rtasida doimiy muloqot jarayoni kelajak uchun zamin bo‘lishi tabiiyligi borasida aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda chet elga chiqib ketgan migrantlarning turli oqimlarga qo‘shilib qolishi, odam savdosi qurboniga aylanib qullik, fohishalik hamda buzg‘unchi g‘oyalar ta’siri ostida vahshiylarcha o‘z hayotiga zomin bo‘lishlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Ayni paytda tumanda 164 nafar fuqaro noqonuniy ravishda chet elga chiqib ketgan.

Arnasoy tuman hokimi Ergash Saliyev yoshlarni diniy ekstremizm oqimlari ta’siridan asrash, shaxs kamolotida, xususan, erishiladigan barcha yutuqlarda asosiy omil chuqur bilim va yuksak ma’naviyat ekani, shuningdek, ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar bandligi yo‘lida tumanda 600 o‘rinli tekstil fabrikasi, 100 o‘rinli paypoq ishlab chiqarish korxonalarining qurilishi va O‘zbekiston Prezidentining turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida 7-mart kuni Aydar-Arnasoy ko‘li direksiyasining tashkil qilinishi haqida yig‘ilganlarga axborot berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют