» » Nurotada mashinasini jarima maydonidan olib chiqish uchun transport sektori xodimiga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi

Nurotada mashinasini jarima maydonidan olib chiqish uchun transport sektori xodimiga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi


Navoiy viloyatining Nurota tumanida transport sektori xodimiga mashinasini jarima mayonchasidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va DXX boshqarmasiga Navoiy viloyati transport boshqarmasi, Nurota tumani transport sektori xodimi I.X. murojaat qilgan. U fuqaro I. avtomashinasida maxsus ruxsatnomasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan transport vositasini chiqartirib berish va o‘ziga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga unga 500 ming so‘m pora taklif qilayotgani va ushbu fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu murojaatga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. yuqoridagi vaj bilan I.X.ga 500 ming so‘mni pora sifatida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mavzuga doir: Termizda Cobalt’ini jarimadan chiqarish uchun 500 ming so‘m pora bergan haydovchi endi besh yilga qamalishi mumkin

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют