» » Qashqadaryoda 7 ta bozor karantin talablariga javob bermasligi sabab yopildi

Qashqadaryoda 7 ta bozor karantin talablariga javob bermasligi sabab yopildi


Qashqadaryo viloyati “yashil” hudud bo‘lishiga qaramasdan viloyatdagi mavjud bozorlarning yettitasi karantin talablariga javob bermasligi sabab faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev kecha, 1-iyun kuni “Bir hududda bir kun” loyihasi doirasida G‘uzor tumaniga borgan va tumandagi “Karvon” bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganiga guvoh bo‘lgan.

“Bu bozor virus uchun tayyor o‘choq-ku. Bozorning to‘qqizta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlari yo‘q. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi”, — degan viloyat hokimi bozor faoliyati bilan tanishar ekan.

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, G‘uzordagi “Karvon” bozori karantinga yopilgan bozorlarning yettinchisi bo‘ladi. Bundan avval Shahrisabz shahridagi “Yangi Kesh”, “Chorsu”, Qarshi shahridagi “Naqshab” hamda “Osiyo”, Dehqonobod tumanidagi “Boyqo‘rg‘on bekligi” va Qarshi tumanidagi Beshkent dehqon bozori ham viloyat hokimi tanqidiga uchrab, karantinga yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda ayni kunda 81 ta bozor va savdo komplekslari faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 60 tasi dehqon, oziq-ovqat bozorlari hisoblanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют