» » O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarlari va vazirlar qirg‘izistonliklar bilan mojaro yuz bergan “Chashma” mahallasiga tashrif buyurdi (foto)

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarlari va vazirlar qirg‘izistonliklar bilan mojaro yuz bergan “Chashma” mahallasiga tashrif buyurdi (foto)


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarlari va bir qator vazirlar qirg‘izistonliklar bilan suv ustidan mojaro yuz bergan Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi “Chashma” mahallasiga yetib bordi. Bu haqda So‘x tumani hokimligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bosh vazir Abdulla Aripov 1-iyun kuni “Chashma” mahallasida So‘x tumani aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvda uning barcha o‘rinbosarlari, turli sohalar vazirlari kelib, tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha dastur tayyorlashini va’da qilgan. Hukumat a’zolari va bir guruh vazirlar 2-may kuni vertolyotda tumanga yetib kelgan. Ular dastlab Chashma bulog‘iga tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, mazkur delegatsiya a’zolari davlat rahbarining topshirig‘i bilan anklav hududdagi muammolarni o‘rganib, dastur tayyorlash va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurdi va aholi bilan uchrashdi. Shuningdek, Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan uchrashib, hodisa yuzasidan muzokara olib bordi. Shu kuni, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qildi.

Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxona yonib ketgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют