» » “Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

“Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi


IIV Tergov departamenti “Avto 60 oy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tergov harakatlari yakunlanganini ma’lum qildi.

“Avto 60 oy” MChJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019-yil 12-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Qayd etilishicha, ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q. va M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik), 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.ga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi “a,v” band, 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi “a, v, g” bandlari (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Mavzuga doir:

Jinoyat ishi bo‘yicha “Avto 60 oy” MChJ bosh ofisidan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19 344 dan ortiq shaxslar bilan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan moddiy zarar 47,7 milliard so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 milliard so‘m undirilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют