» » O‘zbekistonda may oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi: Toshkent va Jizzax viloyatlarida osh qimmatladi

O‘zbekistonda may oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi: Toshkent va Jizzax viloyatlarida osh qimmatladi


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida may oyi uchun tayyor palovning o‘rtacha narxlariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, may oyida Toshkent shahrida 1 porsiya palov narxi 17 750 so‘m (aprel oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 000 so‘m (+667), Andijon viloyatida 14 800 so‘m (o‘zgarishsiz) va Qashqadaryo viloyatida 16 250 so‘mni (o‘zgarishsiz) tashkil etgan.

Qolgan hududlarda 1 porsiya palov narxi o‘zgarishsiz qolgan: Buxoroda 16 ming so‘m, Jizzaxda 15 166 so‘m (+166), Navoiyda 13 ming so‘m, Namanganda 11 571 so‘m, Samarqandda 16 667 so‘m, Surxondaryoda 11 800 so‘m, Toshkent viloyatida 14 333 so‘m (+666), Farg‘onada 15 250 so‘m, Sirdaryoda 14 167 so‘m (+167) va Xorazmda 14 ming so‘mdan.

Shundan kelib chiqib, aprel oyida Toshkent shahrida bir kilo (yetti porsiya) osh 124 250 so‘m, Qoraqalpog‘istonda 91 000 so‘m, Andijonda 103 600 so‘m, Buxoroda 112 ming so‘m, Jizzaxda 106 162 so‘m, Qashqadaryoda 113 750 so‘m, Navoiyda 91 ming so‘m, Samarqandda 116 669 so‘m, Surxondaryoda 82 600 so‘m, Sirdaryoda 99 169 so‘m va Xorazmda 98 ming so‘m, Toshkent viloyatida 100 331 so‘m, Farg‘ona viloyatida 106 750 so‘mni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining alohida qayd etishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

“Ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют