» » Oktabr oyida Toshkentdagi kvartiralar narxi 1 foizga qimmatlashdi

Oktabr oyida Toshkentdagi kvartiralar narxi 1 foizga qimmatlashdi


Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari oktabr oyida bir oy avvalgiga nisbatan 1 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 533 dan 536 sh.b. ga qimmatlashdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash kompaniyasiga asoslanib, “Gazeta.uz”ga xabar qildi.

Oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 1 foizga oshib, 576 sh.b. dan 584 sh.b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi o‘zgarishsiz qoldi (504). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 522 sh.b. (o‘zgarishsiz), ikki xonali — 500 (-1 foiz), uch xonali — 563 (o‘zgarishsiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 554 (+2 foiz).

Oktabr oyida poytaxtdagi 11 ta tumanning 5 tasida taklif etilayotgan narxlarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa, yana 5 tasida o‘sish kuzatilgan, bitta tumanda esa o‘zgarish sodir bo‘lmagan.

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют