» » OAV: Rossiya AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shilmaydi

OAV: Rossiya AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shilmaydi


Rossiya g‘arb siyosatchilari tomonidan bildirilayotgan takliflarga qaramasdan, hech qachon AQSh boshchiligidagi Suriya bo‘yicha antiterroristik koalitsiyaga qo‘shilmaydi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Moskva AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga hech qachon qo‘shilmaydi. Biz buni o‘z hamkorlarimizga yopiq uchrashuvlarda tushuntirdik. Buni ularning Suriyadagi harakatlari noqonuniyligi bilan izohlaymiz. Bizga haqiqatdan ham koalitsiyaga qo‘shilishni taklif qilishdi. Biroq asosiy shart aksilterror kurash bo‘yicha Vashington rahbarligi bo‘ldi. Biz bunga rozi bo‘la olmaymiz”, — deb xabar bergan diplomatik manba gazetaga.

Gazetaning ta’kidlashicha, Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Federatsiya kengashining qo‘mita rahbari Konstantin Kosachev samarali xalqaro koalitsiyani Rossiyaga ham, g‘arb mamlakatlariga ham kerakligini, biroq uni tuzish uchun aniq shartlar bajarilishi kerakligini aytgan.

Kosachevning xabar berishicha, G‘arbda ham, Rossiyada ham terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha rejalar bor. Kuchlarning birlashishi antiterroristik kuchlar masalasini samarali hal qilishi kerak. G‘arb koalitsiyasi Suriya hududidagi terrorizmning bosimini yo‘q qilish ularning maqsadlaridan biri ekanligini yashirmayapti, ikkinchi maqsad esa Suriya hukumatini almashtirish. Rossiya bunday koalitsiyada ishtirok eta olmaydi va ishtirok etmaydi.

“Hamkasblarimizning xabar berishicha, kun tartibidan Suriyaning ichki ishlariga aralashish masalasi olib tashlanadi va Suriya hukumati bilan birgalikda terrorizm muammosini hal qilish bo‘yicha huquqiy doirada shug‘ullanish boshlanadi. O‘zaro harakatni amalga oshirish uchun biz tomonimizdan hech qanday to‘siq qo‘yilmaydi”, — dedi senator gazetaga bergan xabarida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют