» » Keyingi mavsumdan boshlab A Seriya formati o‘zgarishi mumkin

Keyingi mavsumdan boshlab A Seriya formati o‘zgarishi mumkin


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 2020/2021-yilgi mavsumi yangi formatda o‘tkazilishi mumkin, deya xabar bermoqda La Repubblica nashri.

Manbada aytilishicha, agar yangi mavsum shu yilning 12-sentyabrigacha boshlanmasa, A Seriya mutasaddilari ligani ikki divizionga bo‘lish ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkin. Bellashuvlar yakunida esa pley-off bosqichi o‘tkaziladi.

Italiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyining avvalida to‘xtat qolgandi. 20-iyundan musobaqani davom ettirishga ruxsat berildi. Shu kuni 25-turning qoldirilgan “Torino” — “Parma” va “Verona” — “Kalyari” uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Turinning “Yuventus” klubi 26-turdan keyin 63 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni “Latsio” (62 ochko) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Inter” (54 ochko) yakunlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют