» » Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi


Braziliyadagi o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1262 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 31 199 kishiga yetgan. Braziliyada o‘tgan bir sutka ichida yana 28 936 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning jami soni 555 383 kishiga yetgan. Hozirga qadar 223 ming bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 23-may kuni Rossiyadan o‘tib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют