» » So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi

So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi


Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi. 3-may kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyada mazkur masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yildan buyon So‘x tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.

Sayidbahrom Sayidmusayev 1970-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. U Quva, Beshariq tumanlari hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurdi va aholi bilan uchrashdi. Shuningdek, Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan uchrashib, hodisa yuzasidan muzokara olib bordi. Shu kuni, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qildi. O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi.

Mojaro oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga yotqizilgan, O‘zbekiston tomonda uchta xonadon yonib ketgan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida esa uy va omborxona yonib ketgan, shuningdek, 25 kishi jarohat olgan.

Bundan tashqari, bosh vazir Abdulla Aripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘xliklar viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevdan norozi ekanligini ham bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют