» » Dang‘ara tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim mahalla va oila boshqarmasiga rahbar etib tayinlangandi

Dang‘ara tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim mahalla va oila boshqarmasiga rahbar etib tayinlangandi


Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumaniga ham yangi hokim tayinlandi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

4-aprel, shanba kuni, xalq deputatlari Dang‘ara tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida o‘tgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Shuhratjon Tojihakimov Dang‘ara tumani hokimi etib tayinlangan.

Ushbu tayinlovga qadar Shuhratjon Tojihakimov Yozyovon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov viloyat hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Shu kunga qadar Dang‘ara tumanida O‘zbekiston tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Abdullayev hokim vazifasini bajarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun viloyatning Quvasoy va Marg‘ilon shaharlarida ham hokimlar o‘zgargan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют