» » Asakada Hajga va xorijga ishga jo‘natish bahonasida odamlarni 31 ming dollarga chuv tushirgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Asakada Hajga va xorijga ishga jo‘natish bahonasida odamlarni 31 ming dollarga chuv tushirgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi


Andijon viloyatining Asaka tumanida Haj safari va chet elga ishga jo‘natish evaziga fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqaro A.A.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib ularni Haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 dollar va 2,5 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют