» » O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi


Prezident 2-iyun, seshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Kengash vazifalaridan biri O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlashdir.

Moliya vazirligi va Adliya vazirligi kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Farmon bilan, shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:

Farmon bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.

2020-yil 1-oktabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan qarorni imzoladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют