» » Moliya vaziri o‘rinbosari: Boshqaruv indikatorlari besh yilda yaxshilansa, O‘zbekistonning kredit reytinglari juda tez yuqorilaydi

Moliya vaziri o‘rinbosari: Boshqaruv indikatorlari besh yilda yaxshilansa, O‘zbekistonning kredit reytinglari juda tez yuqorilaydi


O‘zbekistonda muhim deb topilgan 10—15 ta islohotlarning amalga oshirilishi mamlakatning 24 ta ustuvor reyting va indekslardagi o‘rnini keskin oshirishga xizmat qiladi. Bu haqda moliya vaziri o‘rinbosari Odil Isoqov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlari ro‘yxati e’lon qiligan.

Qarorga muvofiq tegishli idora vazirliklarga xalqaro reytinglarda past ko‘rsatkichlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni va normalarni aniqlash belgilangan. Shuningdek, ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilgan.

Hozirda O‘zbekiston Doing Business indeksida 190 mamlakat ichida 76-o‘rinni qayd etib turibdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan mamlakatlar xatarlarini tasniflash tizimida 6-guruhdan 5-guruhga yuqorilagan.

2018-yildan boshlab nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan O‘zbekistonning ilk suveren kredit reyting ko‘rsatkichlari BB- (barqaror) deb baholangan, Kelgusida Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida baholanish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

“O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tizimli amalga oshirishimiz kerak. 24 ta indeksning orqasidan bir vaqtda yugurish juda ham qiyin.

Xuddi 24 ta quyonni o‘rmonga qo‘yib yuborib, orqasidan yugurib yurishdek gap. Strategiya bo‘lmasa, bitta quyonni ham tutib bo‘lmaydi. Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha forum tashkil etishimizdan maqsad ham strategiyani takomillashtirish.

Birinchidan, xalqimizga nima ishlar qilinayotgani haqida axborot berish. Ikkinchidan, ekspertlarni chaqirgan holda, indeks va reytinglar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan vazirlik hamda idoralar xodimlarni bilim va saviyasini oshirish”, — dedi Odilbek Isoqov.

Moliya vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tushayotgan takliflarning kerak-nokerakligiga aniqlik kiritib boradi.

“Oldimizga real maqsadlar qo‘yishimiz kerak. Erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni ortidan quvish — vaqt va pulni, energiyani bekorga sarflash bilan teng. Muvofiqlashtiruvchi komissiya va ishchi guruhini tuzishdan maqsad ham shu. To‘g‘risini aytsam, natijalar haqida gapirishga hali erta. Forum birinchi qadam bo‘ldi. Bundan buyog‘iga yaxshi natija ko‘rsatishimiz lozim”, — dedi u.

Isoqov reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari sifatida Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig‘ilishlarida qatnashish, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yoki qilinmayotgan ishlar haqida bosh vazirga axborot berish vakolatiga ega.

Bu haqda u shunday deydi: “Oyda bir marta muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishini o‘tkazamiz. Komissiya ishida qilinayotgan ishlar, muammolar tahlil qilinadi va natijalar bo‘yicha Prezidentga hisobot yoziladi. Prezidentning o‘zi bundan habardor bo‘lib turadi. Biz 24 ta reytingni osmondan olmadik, ro‘yxat 2017-yildan beri chiqqan qaror va farmonlar bilan tasdiqlangan. Bu, avvalo, Prezidentimizning siyosiy irodasi, ya’ni mana shu ishni qilishimiz kerak va hukumat Prezident topshiriqlarini bajarishi lozim. Agar loqaydlik bilan yondashiladigan bo‘lsa, bizda reyting va indekslar bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu — Prezident bizga qo‘ygan topshiriqlarni hukumat sifatida ijro eta olmayotgan bo‘lamiz, degani”.

Suhbat davomida moliyaviy tahlilchi O‘zbekiston uchun eng asosiy bo‘lgan reyting va indekslarni sanab o‘tar ekan, ular bir-birini to‘ldirib borishiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Eng muhim reytinglardan biri hisoblangan Doing Business xususiy sektor va korxonalarni bevosita ishlashini osonlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Bu reyting bo‘yicha yaxshi natijalarga erishilsa, xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Ikkinchisi, Global raqobatbardoshlik indeksi.

Eksport haqida ko‘p gapirilyapti. Agar biz raqobatbardosh bo‘lmasak, eksport qilolmaymiz. Kredit reytinglar ham juda muhim. Bu O‘zbekistonga pul tikish qanchalik xatarli yoki xatarsiz ekanini ko‘rsatib beradi. Yana bir narsani aytish kerak — reytinglar bir-biri bilan juda ham bog‘liq. Bittasi yaxshilansa, ikkinchisi ham yaxshilanadi.

Masalan, boshqaruv indikatorlarini besh yilda yaxshilasak, kredit reytinglarimiz juda ham tez yuqorilaydi. Muhim deb topilgan 10—15 ta islohotlar amalga oshirilsa, ularning bir-biriga ta’siri tufayli ko‘plab reytinglarda ko‘tarilishimiz mumkin. Hozirda bu haqda rahbariyatga taklif tayyorlash ustida ishlayapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют