» » Moliya vaziri maslahatchisi moliya vazirining o‘rinbosari bo‘ldi

Moliya vaziri maslahatchisi moliya vazirining o‘rinbosari bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidentining 7-martdagi qaroriga asosan, Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i —moliya vaziri maslahatchisi Odilbek Rustamovich Isoqov Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash masalalari bo‘yicha moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun: Moliya vazirligining 15-sentabrdagi buyrug‘iga asosan Odilbek Isoqov moliya vazirining maslahatchisi, moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

U 1981-yilda tug‘ilgan, ma‘lumoti oliy, 1998—2000-yillarda Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan.

Buyuk Britaniyadagi Manchester Metropolitan universitetining Biznes iqtisodiyoti bo‘yicha bakalavri (BA in Business Economics), Stratklayd universitetining Moliya bo‘yicha magistr (MSc in Finance) darajalariga hamda malakali moliyaviy tahlilchi (CFA — Chartered Finance Analyst) kvalifikatsiyasiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют