» » “Shu chegaradosh hududni Ramatov bilardi-ku! Nega borib yotib kelmagan?”. Prezident so‘xliklar haqida gapirdi

“Shu chegaradosh hududni Ramatov bilardi-ku! Nega borib yotib kelmagan?”. Prezident so‘xliklar haqida gapirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, o‘rta va yirik shaharlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda So‘x tumanidagi voqealarga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Prezident bu hududdagi og‘ir vaziyat kecha yoki bugun paydo bo‘lmaganini, bu yerda odamlar ishsizlik va yashash sharoiti og‘irligidan aziyat chekib kelganini ta’kidladi.

“Ayniqsa, chegaradosh hududlarda kambag‘allikni kamaytirish va shu tumanlar iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi uchun zarur sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha alohida yondashuv bo‘lishi kerak.

Mana, Ramatovga qo‘shimcha topshiriq berildi. Har oy ikkitadan chegaradosh hududda bir haftadan yashaydi. Kerak bo‘lgan odam, uning hamma vakolati bor. Bilardi-ku, shu chegaradosh hududni. Nega borib So‘xda yotib kelmagan?!

Endi ana shunday chegaradosh hududlarning alohida ro‘yxatini qilamiz, bosh vazir o‘rinbosari borib infratuzilma va boshqa masalalarini o‘rganadi. Bizni oldinroq ogoh qiladigan tizim yaratishimiz kerak.

Chegaradosh hududlarning suvi qanday, joyi qanday, xavfsizligi qanday, vaziyat qanday, ichkaridagi muhit qanday – Ramatov bosh. Keyin siz yetib borasiz (Abdulla Aripov – tahr). Ramatov diagnoz qo‘yadi, davolashga siz. Diagnoz deganim, hamma narsani bilish kerak. Mana, o‘zingiz ko‘rdingiz odamlarning kayfiyatini. Oddiy-oddiy masalalar-ku! Hech qiyin masala qo‘yilgani yo‘q, bemalol hal qilsa bo‘ladi.

Yillar davomida hech kim bormagan. Juda bo‘lmasa u xalq yomon, og‘ir xalq, deganmiz. Nimaga yomon, talab qilish yomonmi?! Adolat-ku talab qilish. Bu jarayon juda ko‘p saboq berdi, juda katta saboq”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari aholi kayfiyati, muammolari, talab va ehtiyojini oldindan biladigan tizim yaratish lozimligi haqida gapirgan. Nafaqat chegaradosh hududlar, balki iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan boshqa tumanlarda ham aholi bandligi, yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha bir oy ichida dastur tayyorlash yuzasidan topshiriq bergan.

Mavzuga doir: “Shuhrat G‘aniyev va boshqa rahbarlar yetib kelib, vaziyatning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymagan” — Abdulla Aripov So‘xdagi mojaro haqida

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1-iyun kuni voqea yuz bergan joyga tashrif buyurdi va aholi bilan uchrashdi. Shuningdek, Abdulla Aripov Qirg‘iziston rasmiylari bilan uchrashib, hodisa yuzasidan muzokara olib bordi. Shu kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari mazkur hodisani telefon orqali muhokama qildi. O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют