» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 ming kishidan, Afg‘onistonda esa 17 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 ming kishidan, Afg‘onistonda esa 17 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 271 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 067 kishiga yetgan. Hozirga qadar 6240 kishi sog‘aygan, 48 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda 4-iyun holatiga ko‘ra, yana 28 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Virus bilan yangi kasallanish holatlari quyidagi hududlarni aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1899 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida tibbiyot xodimlari orasida yana 7 kishida COVID-19 aniqlangan. Statsionarlardan 5 nafar tibbiyot xodimiga javob berilgan.

Qirg‘izistonda hozirga qadar 372 nafar tibbiyot xodimi koronavirus yuqtirib olgan bo‘lib, ularning 270 nafari sog‘aygan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan 1292 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 20 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Tojikistonda 3-iyun holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 91 kishiga ortib, butun mamlakat bo‘ylab kasallar soni 4191 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning 2347 nafari sog‘aygan, bir kishi vafot etgan — Tojikistonda COVID-19 qurbonlari soni 48 kishiga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 1463 kishi davolanmoqda, 321 kishiga tibbiyot muassasalaridan javob berilgan.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 17 ming kishidan oshib ketdi, salkam 300 bemor COVID-19 qurboniga aylandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 3-iyun holati bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 17 267 kishini tashkil etmoqda, 1522 kishi sog‘aygan. Hozirga qadar koronavirus bilan kasallangan 294 bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 4-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3 874 nafarga yetdi. Mamlakatda hozirgacha 3014 bemor butunlay sog‘aygan, 16 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют