» » Shavkat Mirziyoyev: “Barcha choralarni ko‘rgan holda buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Barcha choralarni ko‘rgan holda buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz”


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosqichma-bosqich tashqi turizm va buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat berish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

“1-iyundan boshlab ichki turizm rivojlanishiga e’tibor berdik. Shu bilan birga, tashqi turizmga ham. Qayer bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz — darrov samolyotlarimizni uchiramiz. Mana, Turkiya bilan ham gaplashyapmiz, ular tashqi turizmni ochgach, biz ham ochamiz.

Shu bilan birga, odamlar menga juda ko‘p xatlar yozyapti, buyum bozorlarni ham ochish bo‘yicha. Shuning uchun hamma choralarni ko‘rib, buyum bozorlarga ham ruxsat berishni boshlaymiz.

Alohida reja qilib, Milliy gvardiya, ichki ishlar va mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda buyum bozorlarini darrov hammasini ochmasdan, yengillashtirish choralarini ko‘rib chiqish kerak. Lekin biz, albatta, karantinga juda katta e’tibor qaratamiz”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shu sharoitda ishlash va yashashga o‘rganish zarurligini qayd etib o‘tgan.

“Boshqa yo‘limiz yo‘q. Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak. 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot”, – deya ta’kidlaydi Prezident.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yil sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan O‘zbekistonning “yashil” va “sariq” hududlarida ichki turizmga ruxsat etildi. Shu sanadan boshlab mazkur hududlarda turoperatorlar, turizm agentliklari, mehmonxona va boshqa joylashtirish obyektlari, madaniy, madaniy meros obyektlari va boshqalar sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘z faoliyatini boshladi. Turizmni qayta tiklash uchun mazkur soha vakillariga Prezident farmoni bilan bir qator imtiyozlar va subsidiya dasturlari taqdim etildi. Shuningdek, 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarda sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga ham ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют