» » Bo‘ka tumani DSEN mudiri jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 400 ming so‘m pora olayotganida ushlandi

Bo‘ka tumani DSEN mudiri jarima miqdorini kamaytirib berish uchun 400 ming so‘m pora olayotganida ushlandi


Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Bo‘ka tumani filiali mudiri vazifasini bajaruvchi fuqaro pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Bo‘ka tuman bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro Q.Q.ning murojaati bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Bo‘ka tumani filiali mudiri vazifasini bajaruvchisi N.R. fuqaro Q.Q.ga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarima miqdorini kamaytirib berish hamda Damas rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga, ta’magirlik yo‘li bilan 400 ming so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (“Pora olish”) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkent viloyati SEOMning so‘kong‘ich rahbari ishdan haydaldi. U hammadan uzr so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют